Valyuta kurslari 03/10/2025
$1 – 12099.72
UZS – 0,13%
€1 – 14223.22
UZS – 0,18%
₽1 – 148.90
UZS – 1,49%
Qidirish
O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, birodar Tojikiston xalqiga farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentining mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, barqaror taraqqiyotini ta’minlash va xalqaro nufuzini oshirishdagi o‘rnini qayd etib, O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida ta’kidladi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm, madaniy-gumanitar almashinuv kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan amaliy hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mamlakatlarimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi va kun tartibi ham muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling