Valyuta kurslari 22/10/2025
$1 – 12011.02
UZS – -0,41%
€1 – 13958.01
UZS – -0,76%
₽1 – 148.08
UZS – -0,53%
Qidirish
O‘zbekiston Prezidenti suv xo‘jaligini raqamlashtirish va barqaror rivojlantirish chora-tadbirlarini tasdiqladi

O‘zbekiston Prezidenti suv xo‘jaligini raqamlashtirish va barqaror rivojlantirish chora-tadbirlarini tasdiqladi

O‘zbekiston Prezidenti suv xo‘jaligini raqamlashtirish va barqaror rivojlantirish chora-tadbirlarini tasdiqladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Suv sohasini raqamlashtirish jarayonini yana-da jadallashtirish va barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–183-son, 13.10.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

respublikada foydalanilayotgan suv resurslari hisobining to‘liq yuritilishini yo‘lga qo‘yish, 400 dan ortiq maʼlumotlarni raqamlashtirish;

600 mingdan ortiq suv isteʼmolchilari, 4,3 million gektar sug‘oriladigan yer maydonlari hamda sug‘orish uchun foydalanilgan suv resurslari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni elektron tarzda shakllantirish;

suv hisobi yuritilishi jarayonida inson omilini kamaytirish, suvdan foydalanuvchilar va iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha maʼlumotlar bazasini yaratish;

suv sohasini barqaror rivojlantirish, innovatsion va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish.

Suv xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonini yana-da jadallashtirish maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligining tuzilmasida Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati negizida davlat muassasasi shaklida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi tashkil etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling