Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O‘zbekiston Prezidenti SHHTning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kelishuvini maʼqulladi

O‘zbekiston Prezidenti SHHTning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kelishuvini maʼqulladi

O‘zbekiston Prezidenti SHHTning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kelishuvini maʼqulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024 yil 4 iyul kuni Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari belgilangan tartibda amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling