Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston Prezidenti qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqqanini uning matbuot kotibi Sherzod Asadov Telegram orqali maʼlum qildi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 29 sentyabrdan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi», — deyiladi bayonotda.
Prezidentning taʼtili qancha muddatga mo‘ljallangani haqida aniq maʼlumot berilmagan.
Avvalroq, joriy yil yanvar oyida ham davlat rahbari qisqa muddatli taʼtilga chiqqan edi.
#Shavkat Mirziyoyev