Valyuta kurslari 06/10/2025
$1 – 12060.48
UZS – -0,32%
€1 – 14156.59
UZS – -0,47%
₽1 – 146.97
UZS – -1,3%
Qidirish
O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

 

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 6-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti asosiy tadbirlarida ishtirok etadi.

"Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik" mavzusida o‘tkazilayotgan uchrashuv kun tartibidan ustuvor sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari o‘rin olgan.

Sammit yakunida tashkilotdagi mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilinadi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling