Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga amaliy tashrifini yakunladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Gabala shahriga amaliy tashrifi yakunlandi.
Bugun O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etib, ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Gabala xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev kuzatib qo‘ydi.
#Shavkat Mirziyoyev