Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston Prezidenti IIV tizimidagi bir nechta rahbarlarni lavozimidan ozod qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligi tizimidagi qator rahbarlarni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror va farmoyish imzoladi.
Shu jumladan, Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Rustam Raxmonovich Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
#Shavkat Mirziyoyev