O‘zbekiston Prezidenti Germaniya bilan migratsiya va mobillik bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2024 yil 15 sentyabrda Samarqand shahrida imzolangan.
Shartnomani amalga oshirish uchun, Migratsiya agentligi tashqi mehnat migratsiyasi qismi bo‘yicha, Ichki ishlar vazirligi readmissiya qismi bo‘yicha masʼul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.