Valyuta kurslari 19/09/2025
$1 – 12314.71
UZS – 0,49%
€1 – 14579.39
UZS – 0,43%
₽1 – 148.26
UZS – 0,25%
Qidirish
O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtirok etadi

O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtirok etadi

O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtirok etadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 20-24-sentyabr kunlari amaliy tashrif bilan Nyu-York shahrida bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasi yalpi sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida nutq so‘zlaydi.

Ta’kidlash joizki, Bosh Assambleyaning bu yilgi yubiley sessiyasida global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, BMT tizimi va xalqaro moliya arxitekturasini isloh qilish, iqlim o‘zgarishi oqibatlari va boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Sammit doirasida O‘zbekiston yetakchisi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro moliyaviy institutlar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Tashrif dasturining ishbilarmonlik qismidan AQSHning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy-investitsiya tuzilmalari ishtirokida uchrashuv va tadbirlar o‘rin olgan. Yangi kelishuv va shartnomalar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling