O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-12-dekabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, mamlakatimiz yetakchisi Turkmanistonning doimiy betarafligi e’lon qilinganining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil "Xalqaro tinchlik va ishonch yili" deb e’lon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti forumning "Tinchlik va ishonch: barqaror kelajak yo‘lidagi maqsadlar mushtarakligi" mavzusida yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.
Sammit doirasida O‘zbekiston rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
#Shavkat Mirziyoyev