Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Jenevada JST Bosh direktori bilan uchrashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jenevada O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekistondagi izchil islohotlar, mamlakatimizning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi yangi vazifalarni muhokama qildilar, ishonch va sheriklik muhimligini ta’kidladilar.
Saida Mirziyoyeva Ngozi Okonjo-Iveala rahbarligi va qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirib,O‘zbekiston islohotlar doirasida o‘z majburiyatlarini qat’iyat bilan bajarishda davom etishini taʼkidladi.