Valyuta kurslari 05/02/2026
$1 – 12265.77
UZS – 0,06%
€1 – 14492.01
UZS – 0,26%
₽1 – 159.07
UZS – -0,26%
Qidirish
O‘zbekiston Pokistonning Meezan Bank banki va Kuvaytning Noor Financial kompaniyasi bilan islomiy qimmatli qog‘ozlar chiqarish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston Pokistonning Meezan Bank banki va Kuvaytning Noor Financial kompaniyasi bilan islomiy qimmatli qog‘ozlar chiqarish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston Pokistonning Meezan Bank banki va Kuvaytning Noor Financial kompaniyasi bilan islomiy qimmatli qog‘ozlar chiqarish masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Istiqbolli loyihalar milliy agentligida (Agentlik) Pokiston Islom Respublikasining yetakchi islom banki — "Meezan Bank" hamda Quvaytning yirik investitsiya kompaniyasi — "Noor Financial Investment Company" vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Meezan Bank" Pokistondagi eng yirik islom banki bo‘lib, bosh qarorgohi Karachi shahrida joylashgan. Bank faoliyati shariat moliyalashtirish tamoyillariga asoslangan bo‘lib, chakana va korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish, kreditlash, depozitlar va shariat qoidalariga muvofiq boshqa moliyaviy mahsulotlar hamda xizmatlarni o‘z ichiga olgan to‘liq bank xizmatlari majmuasini taklif etadi.

"Noor Financial Investment Company" Quvaytda faoliyat yurituvchi yirik investitsiya kompaniyasi bo‘lib, moliyaviy xizmatlar, investitsiyalar va aktivlarni boshqarish sohalarida Quvayt, Yaqin Sharq mamlakatlari, Osiyo va boshqa bozorlarda ish olib boradi. Kompaniya "Meezan Bank" ning muhim strategik investori va aksiyadori hisoblanadi.

Muhokamalar davomida "Kapital bozori to‘g‘risida"gi yangi qonun loyihasi doirasida islomiy qimmatli qog‘ozlar (sukuk)ni chiqarish va joriy etish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va sheriklik aloqalarini rivojlantirish, xususan islomiy qimmatli qog‘ozlar (sukuk)ni chiqarish sohasida ekspert tajribasi almashish bo‘yicha kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling