Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
O‘zbekiston Pokistonning Getz Pharma farmatsevtika kompaniyasi bilan hamkorlikni o‘rganmoqda

O‘zbekiston Pokistonning Getz Pharma farmatsevtika kompaniyasi bilan hamkorlikni o‘rganmoqda

O‘zbekiston Pokistonning Getz Pharma farmatsevtika kompaniyasi bilan hamkorlikni o‘rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Pokiston Islom Respublikasiga xizmat safari doirasida mamlakatning eng yirik va nufuzli farmatsevtika ishlab chiqaruvchilaridan biri - "Getz Pharma" kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida kompaniyaning ikkita amaldagi ishlab chiqarish korxonasi hamda zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlari ilg‘or texnologiyalar asosida tashkil etilgan bo‘lib, mahsulotlar xalqaro sifat va xavfsizlik standartlariga to‘liq muvofiq ekani amalda namoyon etildi.

Uchrashuvlar davomida investitsiyaviy imkoniyatlar, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, "Getz Pharma" kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Kompaniya O‘zbekiston orqali MDH mamlakatlari bozorlariga chiqish bo‘yicha rejalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan taqdimot o‘tkazilib, investitsiya loyihalari va uzoq muddatli sheriklikni nazarda tutuvchi aniq yo‘nalishlar belgilandi. Ishlab chiqarish jarayonlari bilan chuqur tanishuv esa "Getz Pharma"ning sifat, xavfsizlik va barqaror rivojlanishga bo‘lgan qatʼiy yondashuvini yaqqol ko‘rsatdi

Getz Pharma - 1995 yilda tashkil etilgan, bosh ofisi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari Karachi shahrida joylashgan, 45 dan ortiq mamlakatlarga mahsulot eksport qiluvchi yirik xalqaro farmatsevtika kompaniyasidir. Kompaniyaning ishlab chiqarish korxonalari JSST (WHO), PIC/S kabi xalqaro standartlar asosida sertifikatlangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling