Valyuta kurslari 03/10/2025
$1 – 12099.72
UZS – 0,13%
€1 – 14223.22
UZS – 0,18%
₽1 – 148.90
UZS – 1,49%
Qidirish
O‘zbekiston Pokistondan qariyb 300 ming tonna kartoshka import qilgan

O‘zbekiston Pokistondan qariyb 300 ming tonna kartoshka import qilgan

O‘zbekiston Pokistondan qariyb 300 ming tonna kartoshka import qilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 49,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 490,8 ming tonna kartoshka import qilingan.

Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41 ming tonnaga yoki 9,1 % ga oshgan.

Eng katta hajmdagi yetkazib berish Pokiston hissasiga to‘g‘ri kelib, 299,4 ming tonnani tashkil etdi. Undan keyin Qozog‘iston (110 ming tonna), Afg‘oniston (34,8 ming tonna), Qirg‘iziston (18,1 ming tonna) va Rossiya (15,4 ming tonna) keladi. Yana 13,1 ming tonna kartoshka boshqa mamlakatlardan olib kirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling