Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 28/06/2025 O‘zbekiston – Pokiston: Yangi iqtisodiy ko‘priklar barpo etilmoqda

O‘zbekiston – Pokiston: Yangi iqtisodiy ko‘priklar barpo etilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, mamlakatimizning Pokistondagi elchixonasi hamda Karachi Savdo-sanoat palatasi hamkorligida Pokistonning yirik iqtisodiy markazi – Karachi shahridagi “Made in Uzbekistan” savdo uyida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekistondan 30 dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etib, o‘z mahsulotlari, xizmatlari hamda investitsiyaviy takliflarini taqdim etdilar. Forumda Pokistonning turli iqtisodiy sohalarini qamrab olgan ishbilarmon doiralar vakillari ham faol ishtirok etdi.

Forum doirasida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, investitsiya muhiti, eksport imkoniyatlari hamda logistika sohasidagi ustunliklar haqida keng qamrovli taqdimot o‘tkazildi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, chet el sarmoyadorlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Biznes-forum yakunida O‘zbekiston va Pokiston tadbirkorlari o‘rtasida B2B muloqotlar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlarda to‘qimachilik, charm-poyabzal, tibbiyot uskunalari hamda qurilish kabi sohalarda istiqbolli hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, qo‘shma korxonalar tashkil etish, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling