Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 18/04/2025 O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Piskarev memorial qabristoniga gulchambar qo‘yish marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Piskarev memorial qabristoniga gulchambar qo‘yish marosimida ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining bahorgi sessiyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Piskarev memorial qabristoniga gulchambarlar qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Marosim Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, tinchlik va ozodlik yo‘lida jonini fido qilgan millionlab insonlarning jasoratiga chuqur minnatdorlik va hurmat ifodasi bo‘ldi.

Tadbir MDH mamlakatlari parlament delegatsiyalari rahbarlari va aʼzolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Marhumlar xotirasiga delegatsiyalar rahbarlari nomidan gulchambar qo‘yildi, so‘ngra marosim ishtirokchilari birin-ketin yodgorlik poyiga gullar qo‘ydi.

Parlament delegatsiyalarining bunday xotira tadbirida ishtirok etishi tarixiy merosni asrab-avaylash, MDH davlatlari o‘rtasida gumanitar aloqalar va maʼnaviy birlikni mustahkamlash muhimligini namoyon etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling