Valyuta kurslari 14/11/2025
$1 – 11985.10
UZS – 0,11%
€1 – 13923.09
UZS – 0,51%
₽1 – 148.86
UZS – 0,91%
Qidirish
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi majlisida ishtirok etdi

O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi majlisida ishtirok etdi

O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi majlisida ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 13-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining majlisida ishtirok etdi.

Tashrifning birinchi kuni Kengash majlisining kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Majlis davomida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federal Kengashi Raisi V.Matviyenko MDHga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining Kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi. Shu munosabat bilan Senat Raisi Tanzila Narbayeva V. Matviyenkoni tabriklab, bu qaror uning MDH doirasidagi parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan samarali faoliyatining yuqori baholanishi ekanini taʼkidladi. Shu bilan birga, unga kelgusidagi masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, 59-yalpi majlisga tayyorgarlik doirasida kun tartibi, reglament va tahrir hayʼati tarkibi tasdiqlandi. 2025 yilda Tojikistonning MDHdagi raisligi yuzasidan axborot eshitilib, kelgusi yilda raislik Turkmanistonga o‘tishi qayd etildi.

Majlisda MDHga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi doimiy komissiyalari raislari tasdiqlanib, ular orasida O‘zbekiston nomzodi – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi aʼzosi Sh. Sharafutdinov Madaniyat, axborot, turizm va sport bo‘yicha komissiya rahbari etib tasdiqlandi.

Shuningdek, 2026 yil uchun MDH Parlamentlararo Assambleyasi ish rejasi ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra Kengash va komissiyalar majlislari, xalqaro forumlar, saylovlarni kuzatish hamda yoshlar va maʼrifiy dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Kengash majlisida qabul qilingan qarorlar MDH davlatlari parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash, qonun ijodkorligini muvofiqlashtirish va turli sohalarda integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling