O‘zbekiston Ozarbayjonning NB Holding kompaniyasi bilan qo‘shma ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 15-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev Ozarbayjonning NB Holding kompaniyasi boshqaruv raisining o‘rinbosari Vugar Alipashayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda konservalangan mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Ayniqsa, zavodlar uchun yer uchastkalarini tanlash, loyihalash va infratuzilma bilan ta’minlash masalalari, shuningdek, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralari alohida e’tiborga olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni tezkor va sifatli amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar hamda sanoat kooperatsiyasining yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish niyatlarini bildirdilar.