Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Osiyo kubogidagi raqiblarini bilib oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kuala-Lumpurda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida 2026 yilgi Osiyo kubogining guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Qurʼa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi D guruhiga tushdi. Ushbu guruhda jamoamiz Avstraliya, Hindiston va Shimoliy Koreya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
U-17 Osiyo kubogi turniri 2026 yil 7 maydan 24 mayga qadar Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning eng yaxshi sakkizta terma jamoasi 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.