Valyuta kurslari 23/10/2025
$1 – 12101.29
UZS – 0,75%
€1 – 14031.45
UZS – 0,53%
₽1 – 148.01
UZS – -0,05%
Qidirish
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U-17) BAAdagi yig‘inlarda Venesuela bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U-17) BAAdagi yig‘inlarda Venesuela bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U-17) BAAdagi yig‘inlarda Venesuela bilan durang o‘ynadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U-17) BAAda o‘tkazilayotgan yig‘inlar doirasida ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Birinchi raqib Venesuela terma jamoasi bo‘ldi va bellashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

29-daqiqa o‘yinda venesuelalik futbolchi David Garsiya hisobni ochdi, ammo 86-daqiqada Nurbek Sarsenboyev penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

O‘zbekiston terma jamoasi keyingi nazorat uchrashuvlarini 23 oktyabr kuni Kot-d‘Ivuarga, hamda 29 oktyabr kuni Burkina-Fasoga qarshi o‘tkazadi.

Jamoa 3–27 noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi J guruhida Paragvay, Irlandiya va Panama jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling