Valyuta kurslari 16/03/2026
$1 – 12081.63
UZS – -0,17%
€1 – 13837.09
UZS – -1,1%
₽1 – 150.44
UZS – -1,72%
Qidirish
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Bangkokda Futures Cup musobaqasida g'olib bo'ldi

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Bangkokda Futures Cup musobaqasida g'olib bo'ldi

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Bangkokda Futures Cup musobaqasida g'olib bo'ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 8-15 mart kunlari Tailandning Bangkok shahri yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniriga mezbonlik qildi.

Bahslarda ishtirok etgan terma jamoamiz aʼzolari 4 ta oltin, 5 kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Ushbu natija vakillarimiz uchun musobaqaning “eng yaxshi jamoasi” bo‘lish imkoniyatini kafolatladi.

Umumjamoa hisobida bizdan keyin qo‘shnimiz Qozog‘iston va uchinchi o‘rin AQSH vakillariga nasib etdi.

Turnirda oltin medallarni quyidagi vazn toifalarida Sardorbek Bahromxo‘jayev (-85 kg), Asadbek Sultonboyev (-90 kg), Islom Salixov (+90 kg) va Rushanabonu Isoyeva (-60 kg) qo‘lga kiritdi.

Kumush medallar Suxrob Raxmatullayev (-75 kg), Nazokat Mardonova (-51 kg), Sevara Mamatova (-65 kg), Samira Turgunova (-75 kg) va Asaloy Baxtiyorovaga (-80 kg) nasib etdi.

Bronza medallar esa Abdug‘ani Yorqinjonov (-50 kg) va Nilufarxon Abduxoshimovaga (+80 kg) nasib qildi.

Yuqori natijalar tufayli O‘zbekiston jamoasi turnirning «eng yaxshi jamoasi» unvoniga sazovor bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling