Valyuta kurslari 30/09/2025
$1 – 12067.76
UZS – -0,58%
€1 – 14141.00
UZS – -0,25%
₽1 – 145.64
UZS – 0,19%
Qidirish
O‘zbekiston Osiyo va Tinch okeani mintaqasi Aksilkorrupsiya tashabbusi a’zosiga aylandi

O‘zbekiston Osiyo va Tinch okeani mintaqasi Aksilkorrupsiya tashabbusi a’zosiga aylandi

O‘zbekiston Osiyo va Tinch okeani mintaqasi Aksilkorrupsiya tashabbusi a’zosiga aylandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu kunlarda Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo’lib o’tayotgan Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun Aksilkorrupsiya tashabbusining (ACI) “Halollik — ijtimoiy rivojlanish va iqtisodiy o‘sish katalizatori” mavzusiga bag‘ishlangan 12-mintaqaviy konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi mazkur tuzilma a’zoligiga qabul qilindi. 

ACI Boshqaruv guruhi qarori bilan O’zbekiston ushbu tuzilmaning 35-a’zo mamlakatiga aylandi. 

Ma’lumot uchun: Aksilkorrupsiya tashabbusi (ACI) 1999-yilda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamkorligida tashkil etilgan. ACIning asosiy maqsadi — BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini samarali amalga oshirish orqali mintaqadagi davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish salohiyatini oshirish, halollik, shaffoflik va hisobdorlikni mustahkamlashdir.
 Bugungi kunda tashabbusga 34 davlat a’zo bo‘lib, ular orasida Singapur, Gruziya, Indoneziya, Malayziya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Vyetnam, Ozarbayjon va boshqa Osiyo–Tinch okeani mamlakatlari bor. 

ACI doirasida mintaqaviy konferensiyalar, seminarlar, ekspert uchrashuvlari hamda davlatlararo tajriba almashuvlari o‘tkazib kelinadi.
Anjuman doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari Umida Tuxtasheva so‘zga chiqib, mamlakatimizning mazkur Tashabbusga qo’shilishi sohada xalqaro standartlarni milliy amaliyotga tatbiq etish hamda o‘zaro hamkorlikni yuqori darajaga olib chiqishga katta turtki berishini qayd etdi va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan  sud-huquq islohotlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, shu jumladan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish borasidagi choralar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, O’zbekiston delegatsiyasi vakillari Indoneziya Korrupsiyani bartaraf etish komissiyasi bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki mamlakat davlat organlarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan choralarni muvofiqlashtirish, yoshlarni halollik ruhida oʻqitish kabi yo’nalishlarda hamkorlik qilish yuzasidan idoralararo qoʻshma hujjat ishlab chiqish va imzolashga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling