O‘zbekiston OpenAI bilan ChatGPT EDU joriy etish va sunʼiy intellekt sohasidagi taʼlimni rivojlantirishni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakillari OpenAI kompaniyasi rahbariyati bilan ilk ishchi uchrashuvni o‘tkazdilar. Uchrashuvda taʼlim va hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi mutaxassislar — Valeri Fokke, Dips Patel, Shay Ali va Karlotta Serrano ishtirok etdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekistonning sunʼiy intellekt va raqamlashtirish sohasidagi strategiyasini, shuningdek, OpenAIning taʼlimiy platformasi — ChatGPT EDU loyihasini ishga tushirish masalalarini muhokama qildilar.
Ushbu platforma o‘qituvchilar va talabalarga xavfsiz muhitda kuchli til modellari bilan ishlash, shaxsiy AI-assistentlar hamda o‘quv materiallarini yaratish imkonini beradi.
Uchrashuvda shaxsiylashtirilgan taʼlimga alohida eʼtibor qaratildi. Bu usulda sunʼiy intellekt har bir o‘quvchining bilim darajasi, surʼati va qiziqishlariga moslashadi. Bu esa o‘qituvchilarga bilimdagi bo‘shliqlarni aniqlash, individual topshiriqlar berish, ishlar tekshiruvini avtomatlashtirish va qog‘ozbozlikni qisqartirish orqali o‘quvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga ko‘proq vaqt ajratish imkonini beradi.
Tomonlar alohida dastur yaratmasdan, milliy «1 million AI-liderlar» tashabbusini OpenAIning kurslari va ekspertizasi bilan boyitishga kelishib oldilar. Bu orqali maktab o‘quvchilari, talabalar va o‘qituvchilar sunʼiy intellekt bilan jahon standartlari darajasida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, mahalliy startaplarni qo‘llab-quvvatlash — OpenAI APIlaridan foydalanish uchun imtiyozli imkoniyatlar va kreditlar taqdim etish, xakatonlar va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish masalalari ham muhokama qilindi.
Kompaniya vakillari taʼlimiy platformalardan tortib biznes-servislargacha bo‘lgan AI mahsulotlarini yaratishda hamkorlikka tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.
Texnologiyalarni lokallashtirish infratuzilmasi doirasida GPU-klaster yaratish va o‘zbek tili korpusi bazasini shakllantirish taklifi ilgari surildi.
OpenAI vakillari o‘z modellarining o‘zbek tilini yaxshi darajada tushunayotganini qayd etib, bu yo‘nalishni hamkorlikda yana-da rivojlantirishga qiziqish bildirdilar.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar uch yo‘nalish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashga kelishdilar: universitetlarda ChatGPT EDUni joriy etish, ommaviy AI-taʼlimni rivojlantirish hamda startap tashabbuslari va xakatonlarni qo‘llab-quvvatlash.O‘zbekiston OpenAI bilan ChatGPT EDU joriy etish va sunʼiy intellekt sohasidagi taʼlimni rivojlantirishni muhokama qildi
O‘zbekiston vakillari OpenAI kompaniyasi rahbariyati bilan ilk ishchi uchrashuvni o‘tkazdilar. Uchrashuvda taʼlim va hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi mutaxassislar — Valeri Fokke, Dips Patel, Shay Ali va Karlotta Serrano ishtirok etdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekistonning sunʼiy intellekt va raqamlashtirish sohasidagi strategiyasini, shuningdek, OpenAIning taʼlimiy platformasi — ChatGPT EDU loyihasini ishga tushirish masalalarini muhokama qildilar.
Ushbu platforma o‘qituvchilar va talabalarga xavfsiz muhitda kuchli til modellari bilan ishlash, shaxsiy AI-assistentlar hamda o‘quv materiallarini yaratish imkonini beradi.
Uchrashuvda shaxsiylashtirilgan taʼlimga alohida eʼtibor qaratildi. Bu usulda sunʼiy intellekt har bir o‘quvchining bilim darajasi, surʼati va qiziqishlariga moslashadi. Bu esa o‘qituvchilarga bilimdagi bo‘shliqlarni aniqlash, individual topshiriqlar berish, ishlar tekshiruvini avtomatlashtirish va qog‘ozbozlikni qisqartirish orqali o‘quvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga ko‘proq vaqt ajratish imkonini beradi.
Tomonlar alohida dastur yaratmasdan, milliy «1 million AI-liderlar» tashabbusini OpenAIning kurslari va ekspertizasi bilan boyitishga kelishib oldilar. Bu orqali maktab o‘quvchilari, talabalar va o‘qituvchilar sunʼiy intellekt bilan jahon standartlari darajasida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, mahalliy startaplarni qo‘llab-quvvatlash — OpenAI APIlaridan foydalanish uchun imtiyozli imkoniyatlar va kreditlar taqdim etish, xakatonlar va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish masalalari ham muhokama qilindi.
Kompaniya vakillari taʼlim platformalardan tortib biznes-servislargacha bo‘lgan AI mahsulotlarini yaratishda hamkorlikka tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.
Texnologiyalarni lokallashtirish infratuzilmasi doirasida GPU-klaster yaratish va o‘zbek tili korpusi bazasini shakllantirish taklifi ilgari surildi.
OpenAI vakillari o‘z modellarining o‘zbek tilini yaxshi darajada tushunayotganini qayd etib, bu yo‘nalishni hamkorlikda yana-da rivojlantirishga qiziqish bildirdilar.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar uch yo‘nalish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashga kelishdilar: universitetlarda ChatGPT EDUni joriy etish, ommaviy AI-taʼlimni rivojlantirish hamda startap tashabbuslari va xakatonlarni qo‘llab-quvvatlash.