Valyuta kurslari 07/11/2025
$1 – 12022.92
UZS – 0,44%
€1 – 13843.19
UZS – 0,69%
₽1 – 148.14
UZS – 0,37%
Qidirish
O‘zbekiston ona va bola salomatligiga bag‘ishlangan jamoaviy mural yaratish orqali Butunjahon sog‘liqni saqlash kunini nishonladi

O‘zbekiston ona va bola salomatligiga bag‘ishlangan jamoaviy mural yaratish orqali Butunjahon sog‘liqni saqlash kunini nishonladi

O‘zbekiston ona va bola salomatligiga bag‘ishlangan jamoaviy mural yaratish orqali Butunjahon sog‘liqni saqlash kunini nishonladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti (JSST) va Butunjahon sog‘liqni saqlash kuni–2025 kampaniyasi yakuniy bosqichini nishonlash maqsadida “Hayotning sog‘lom boshlanishi  - faravon kelajak garovi” shiori ostida “Sog‘lom kelajak” nomli jamoaviy muralni taqdim etdi. Ushbu yillik tashabbus butun dunyo bo‘ylab onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar salomatligini yaxshilashga bag‘ishlangan.

Kampaniya hukumatlarni, sog‘liqni saqlash tizimlarini va jamoalarni har bir ayol va yangi tug‘ilgan chaqaloq tug‘ilishdan oldin, tug‘ilish jarayonida va undan keyin hurmatga asoslangan, yuqori sifatli tibbiy yordam olishini ta’minlash uchun hamkorlikda ishlashga chaqiradi. O‘zbekistonda bu xabar hayotiy ifodasini topdi – Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va Bola Salomatligi Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi Davlat Muassasi devorida tasvirlangan devoriy surat orqali.

Mural - bu onalar va bolalar farovonligi uchun umumiy mas’uliyat ramzidir. Asarda tasvirlangan har bir figurda ramziy mozaikaning bir bo‘lagini sifatida gavdalanadi: homilador ayolga suyanch bo‘layotgan turmush o‘rtoq – faol ishtirok etayotgan ota, hamdardlik bilan tinglayotgan tibbiyot xodimi hamda tug‘ilishlar orasidagi tanaffusning ahamiyatini eslatuvchi 5-6 yoshdagi birinchi farzand – qizaloq.

Bu kompozitsiya homiladorlik, tug‘ilish va tug‘ruqdan keyingi davrda oilaviy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot xodimlari bilan ishonchli munosabatlarning ahamiyatini aks ettiradi.

JSST tavsiyasiga ko‘ra, har bir homiladorlik orasida kamida 24 oy (ya’ni tug‘ilishlar orasida taxminan 33 oy) tanaffus qilish zarurligi aks etgan. Bu yondashuv O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ham oilaviy salomatlikni yaxshilashning muhim qadami sifatida e’tirof etilgan.

“Ona va bolalar salomatligi mamlakatimizning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”, – dedi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, doktor Elmira Basitxanova. “Har bir oila homiladorlik, tug‘ruq, va tug‘ruqdan keyingi davrda ayollar uchun kompleks tibbiy yordamning, shuningdek, turmush o‘rtoqlar va yaqinlarning faol qo‘llab-quvvatlashi hamda tug‘ilishlar orasida tanaffus saqlashning naqadar muhimligini anglasda muhim rol o‘ynaydi. Hamkorlikda biz sog‘lom va baxtli oilalar uchun mustahkam poydevor yaratyapmiz.”

Mural bilan bir qatorda JSST, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda milliy hamkorlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan qisqa videoroliklar ham namoyish etildi. Ularda “Hamroh bilan tug‘ruq”, “Ona suti bilan oziqlantirish”, hamda “Homiladorlik davrida xavf belgilarini aniqlash” mavzularidagi asosiy xabarlar yoritilgan. Videoroliklar Respublika ona va bola salomatligini saqlash markazi hamda 7-sonli oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari, VGIK universiteti ko‘ngilli talaba-aktyorlari, faollar va inflyuenserlar ishtirokida tayyorlangan.

“Ona va bola salomatligi ortida homiladorlikdan boshlab tug‘ruqdan keyingi davrgacha ayollarga hamroh bo‘ladigan mutaxassislar jamoasining sa’y-harakatlari katta”, – dedi Respublika ona va bola salomatligini saqlash markazi direktori, doktor Nataliya Nadirxonova. “Shifokorlar, akusherlar va hamshiralar har bir ayol o‘zini xavfsiz his qilishi va unga yordam ko‘rsatilayotganini bilishi uchun sifatli hamda e’tiborli tibbiy yordam ko‘rsatishga intilmoqda. Biz mamlakatda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini mustahkamlashga qaratilgan tashabbusning bir qismi bo‘lishdan mamnunmiz.”

“Ona va bola salomatligi JSSTning global missiyasining markazida turadi», – dedi JSSTning O‘zbekistondagi vakili va mamlakatdagi JSST vakolatxonasi rahbari doktor Asheena Khalakdina. “Hayotning sog‘lom boshlanishi  - faravon kelajak garovi” kampaniyasi bizga har bir inson – oila, jamoa, tibbiyot xodimlari va qaror qabul qiluvchilar – bu jarayonda muhim rol o‘ynashini eslatadi. Bu mural maqsadning o‘zi emas, balki ayollar va bolalar salomatligi uchun muloqotni boshlash hamda umumiy mas’uliyat tuyg‘usini uyg‘otishning ijodiy usulidir. an’at g‘amxo‘rlik va hamkorlik g‘oyasini yetkazganda, u sog‘liqni saqlashning eng kuchli tili bo‘lib qoladi.”

Loyiha JSST va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorligi doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu hamkorlik JSSTning keng qamrovli global faoliyati doirasida hamda 2023-yil sentabr oyida qabul qilingan President qarori No. PP–296 asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mamlakatda onalik va bolalik salomatligini mustahkamlash bo‘yicha milliy strategik maqsadlarni belgilab beradi. JSST, BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va Aholi jamg‘armasi (UNFPA) bilan hamkorlikda hamda “Ishonch” jamg‘armasi ko‘magida mamlakat bo‘ylab onalik va perinatal parvarishni yaxshilash dasturi yo‘lga qo‘yilgan.

So‘nggi ikki yil ichida JSST Sog‘liqni saqlash vazirligiga 31 ta milliy klinik protokolni (25 tasi akusherlik va ginekologiya, 6 tasi neonatal parvarish bo‘yicha) JSST tavsiyalariga muvofiq yangiladi va ularni tibbiyot ta’limi dasturlariga integratsiya qilishda ko‘maklashdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling