Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
O‘zbekiston ombudsmani kripto firibgarlik qurboni bo‘lgan fuqaroga 115 ming dollar qaytarib berishga yordam berdi

O‘zbekiston ombudsmani kripto firibgarlik qurboni bo‘lgan fuqaroga 115 ming dollar qaytarib berishga yordam berdi

O‘zbekiston ombudsmani kripto firibgarlik qurboni bo‘lgan fuqaroga 115 ming dollar qaytarib berishga yordam berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) apparatiga fuqaro M.P. murojaat qilib, firibgarlik harakatlaridan jabr ko‘rgani va katta miqdorda pul yo‘qotganini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda ombudsman matbuot xizmati.

Arizachining so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil dekabr oyida o‘zlarini Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Markaziy bank xodimlari sifatida tanishtirgan shaxslar uni kriptovalyuta orqali 170 ming dollar o‘tkazishga ko‘ndirishgan. Shu maqsadda M.P. avtomobili va uyini sotgan, jamg‘arma mablag‘larini ishlatgan hamda kreditlar olgan.

2024 yil dekabrda Kiberxavfsizlik markaziga murojaatdan so‘ng jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ombudsman tashabbusi bilan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida Kiberxavfsizlik bosh boshqarmasi kriptodo‘konidan M.P. foydasiga 115 ming dollar (1 434 625 000 so‘m) undirib berdi.

Ombudsman taʼkidlashicha, firibgarlik yuzasidan ko‘plab shikoyatlar kelib tushadi, ammo ko‘p hollarda pullarni qaytarish imkoni bo‘lmaydi. Shu bois fuqarolardan hushyor bo‘lish va firibgarlarning chaqiriqlariga aldanmaslik so‘raldi.

Xususan, o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki bank xodimi sifatida tanishtirib, shaxsiy raqamlardan qo‘ng‘iroq qilib pul o‘tkazish yoki maʼlumot berishni talab qiluvchi shaxslarga ishonmaslik; telefon orqali pasport maʼlumotlari, ID-karta, bank kartalari rekvizitlari, PIN-kodlar va SMS-kodlarni oshkor etmaslik; kriptovalyuta orqali pul o‘tkazish talab qilinsa, darhol muloqotni to‘xtatib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish; shubhali holatlarda esa maʼlumotni faqat davlat organlarining rasmiy kanallari orqali tekshirish tavsiya etilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling