O‘zbekiston Oliy Majlisining Arab parlamenti bilan hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida Arab parlamenti Raisi Muhammad Ahmad Al-Yamah bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston parlamentining arab davlatlari parlamentlari bilan munosabatlarini yana-da mustahkamlash va keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish, avvalo, qonun ijodkorligi, parlament nazorati, parlamentlarning qo‘mitalari o‘rtasida muntazam muloqotni faollashtirish va o‘zaro tashriflarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, ayol yetakchilar uchun alohida forum o‘tkazish, O‘zbekiston Oliy Majlisi va Arab parlamenti o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolash, do‘stlik guruhini tashkil etish hamda ijtimoiy sohada loyihalarni amalga oshirish maqsadida birgalikda ishlashga kelishib olindi.