Valyuta kurslari 04/08/2025
$1 – 12725.16
UZS – 0,26%
€1 – 14507.95
UZS – -0,02%
₽1 – 158.65
UZS – 0,13%
Qidirish
O‘zbekiston 02/07/2025 O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Ozarbayjon Milliy Mejlisi o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Ozarbayjon Milliy Mejlisi o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Ozarbayjon Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova o‘rtasidagi uchrashuv doirasida 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan Parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“yo‘l xaritasi”) imzolandi.

Mazkur hujjat O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni aniq maqsadlar va amaliy yo‘nalishlar asosida mustahkamlashga xizmat qiladi. Tomonlar bu reja ikki mamlakat o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarida muhim asos va “yo‘l xaritasi” bo‘lib xizmat qilishini taʼkidladi.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni institutsional jihatdan mustahkamlash maqsadida Parlamentlararo komissiya faoliyati reglamenti ham imzolandi.

Ushbu reglament ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida tizimli muloqot va hamkorlikni taʼminlashda muhim vosita bo‘lishi qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling