O‘zbekiston oktyabr oyida eng yirik oltin xaridorlari uchligiga kirdi
O‘zbekiston oktyabr oyida eng yirik oltin xaridorlari uchligiga kirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon oltin kengashi (WGC)ning dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil oktyabr oyida dunyo markaziy banklari oltin zaxiralarini 52,6 tonnaga oshirgan. Bu joriy yildagi eng katta oylik o‘sish hisoblanadi.
Yirik oltin sotuvchilar qatorida Braziliya 16 tonna, Polsha 15,6 tonna va O‘zbekiston 9,3 tonna oltin bilan ajralib turdi.
Boshqa yirikli xaridorlar orasida Indoneziya (3,9 tonna), Turkiya (3 tonna), Chexiya (2,4 tonna), Qirg‘iziston (1,7 tonna) va Gana (1 tonna) qayd etilgan.
Yillik ko‘rsatkichda esa vaziyat boshqacha: O‘zbekiston yil boshidan buyon 12 tonna oltin sotgan holda dunyodagi ikkinchi yirik sotuvchi bo‘lib turibdi. Birinchi o‘rinda 16 tonna sof sotuv ko‘rsatkichi bilan Singapur turibdi.
O‘zbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga ko‘ra, oktyabr oyida mamlakatning oltin zaxirasi qiymati 3,6 milliard dollarga oshib, 47,8 milliard dollarga yetdi.
Oltinning fizik hajmi esa 11,6 million troy unsiyadan 11,9 million troy unsiyagacha ortib, 9,3 tonna o‘sish qayd etildi.