Valyuta kurslari 18/02/2026
$1 – 12137.86
UZS – -0,44%
€1 – 14379.72
UZS – -0,59%
₽1 – 158.13
UZS – -0,24%
Qidirish
O‘zbekiston musulmonlari diniy boshqarmasi 2026 yil Ramazon oyining boshlanishiga izoh berdi

O‘zbekiston musulmonlari diniy boshqarmasi 2026 yil Ramazon oyining boshlanishiga izoh berdi

O‘zbekiston musulmonlari diniy boshqarmasi 2026 yil Ramazon oyining boshlanishiga izoh berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Dunyo mamlakatlarida muqaddas Ramazon oyining boshlanishi har doim ham bir vaqtga to‘g‘ri kelavermaydi va turli sanalarga to‘g‘ri kelishi mumkin, deya xabar qiladi O‘zbekiston musulmonlari diniy boshqarmasi.

O‘zbekistonda hijriy 1447 yil Ramazon oyining birinchi kuni O‘zbekiston musulmonlari diniy boshqarmasi huzuridagi Fatvo hayʼati ulamolar kengashi qaroriga muvofiq 2026 yil 19 fevralga to‘g‘ri keladi.

Mazkur qaror 17 fevral kuni ulamolar kengashi tomonidan Ramazon oyi hiloli ko‘rinmagani tasdiqlangandan so‘ng qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti olib borgan kuzatuvlar ham ushbu natijalarni tasdiqladi.

Shu tariqa, 2026 yil 18 fevral Shaʼbon oyining 30-kuniga to‘g‘ri keladi, Ramazon oyining boshlanishi esa 19 fevral etib belgilandi.

Ko‘plab musulmon mamlakatlari ham 2026 yil 19 fevralni muqaddas Ramazon oyining birinchi kuni deb eʼlon qildi. Ular qatorida Misr, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Indoneziya, Bruney, Ummon, Singapur, Avstraliya, Yaponiya, Pokiston, Hindiston, Malayziya va Janubiy Koreya bor.

Bundan tashqari, Fatvo va tadqiqotlar bo‘yicha Yevropa kengashi ham 2026 yil 19 fevralni Ramazon oyining birinchi kuni sifatida tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling