O‘zbekiston “MSV-2025” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 7–10 oktyabr kunlari Chexiyaning Brno shahrida bo‘lib o‘tayotgan “MSV-2025” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar “Made in Uzbekistan” brendi ostida namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmada 30 ga yaqin davlatdan 7 250 ta kompaniya ishtirok etmoqda.
140 m² maydonda milliy stendda GSP+ talablari asosida Yevropa bozoriga eksport qiluvchi 66 ta mahalliy korxona mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Elektrotexnika, avtomobilsozlik, qurilish materiallari, IT, metallurgiya va boshqa sohalardagi mahsulotlar taqdim etilmoqda.
Ko‘rgazma doirasida xorijiy kompaniyalar bilan V2V uchrashuvlar, investitsiya loyihalari va eksport shartnomalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.