O‘zbekiston Misr ustidan g‘alaba qozondi (gollar)
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda (BAA) o‘tkazilayotgan Al Ain International Cup xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasida Misr milliy terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning to‘rtinchi daqiqasidayoq Oston Urunov hisobni ochdi: u to‘pni chizig‘i yaqinida qabul qilib, bir nechta misrlik himoyachilarni aldab o‘tdi va darvozaga aniq zarba berdi. Birinchi taym oxirida esa Urunov dubl muallifiga aylandi: Otabek Shukuo‘rovning uzatmasini qabul qilgan yarimhimoyachi raqib himoyasidan qutulib, darvozabon bilan birga-bir holatga chiqdi va mahorat bilan to‘pni to‘rga yo‘lladi.
Tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi raqamda o‘ynashga o‘tdi, biroq shuning o‘ziga qaramay, raqib darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlar yarata oldi.
Turnirning boshqa bahsida Eron terma jamoasi Kabo-Verdega qarshi asosiy vaqtdagi golsiz durangdan keyin 5:4 hisobida penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.
17 noyabr kuni bo‘ladigan Al Ain International Cup finalida Eron va O‘zbekiston terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Uchinchi o‘rin uchun bahs esa Kabo-Verde va Misr termalari o‘rtasida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston va Eron sentyabr 2025 yilda ham hal qiluvchi o‘yinda to‘qnash kelgan edi — o‘shanda o‘zbekistonlik futbolchilar 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, CAFA Nations Cup turnirini qo‘lga kiritgan edi.