O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Quvaytga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Quvayt terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi xabariga ko‘ra, o‘yin 9 oktyabr kuni Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 18:00da boshlanadi.
13 oktyabr kuni Malayziyada Urugvayga qarshi o'yin bo'lib o'tadi.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikadagi stadionlarda bo'lib o'tadi. Turnirda 48 ta jamoa ilk bor ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor JCh-2026 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.