Valyuta kurslari 01/07/2025
$1 – 12694.97
UZS – 0,32%
€1 – 14878.50
UZS – 0,41%
₽1 – 161.60
UZS – 0,26%
Qidirish
Texnologiyalar 01/07/2025 O‘zbekiston milliy sunʼiy intellekt modelini yaratishni boshladi

O‘zbekiston milliy sunʼiy intellekt modelini yaratishni boshladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda milliy sunʼiy intellekt (SI) modelini yaratish ishlari boshlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali uchrashuvda maʼlum qildi.

Davlat rahbarining taʼkidlashicha, hozirgi kunda mamlakatda SI texnologiyalari qo‘llanilayotgan yuzga yaqin loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar bank-moliya tizimi, sog‘liqni saqlash, energetika va qishloq xo‘jaligi kabi muhim sohalarni qamrab olgan.

Prezident, ayniqsa, milliy sunʼiy intellekt modelini yaratish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu model shunchaki texnik yechim emas, balki o‘zbek madaniyati, qadriyatlari va tarixiy merosining raqamli aks ettiruvchisi bo‘ladi. Bu model anʼanalar va zamonaviy intilishlarni uyg‘unlashtirib, yangi kreativ g‘oyalar va yechimlar uchun ilhom manbaiga aylanishi lozim.

Yuqori texnologiyalar sohasi uchun kadrlar tayyorlash maqsadida, Birlashgan Arab Amirliklari ko‘magida One Million AI Leaders ("Bir million sunʼiy intellekt yetakchisi") loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur doirasida 2025 yil oxiriga qadar yurtimizdagi 100 ming nafar yoshlar AI Study taʼlim platformasi orqali SI asoslari va vositalarini o‘rganishi rejalashtirilgan.

Shu tariqa, O‘zbekiston global raqamli makonga integratsiyalashuv yo‘lida dadil qadamlar tashlamoqda — milliy SI-tashabbuslarni rivojlantirish, shu sohada yuqori malakali mutaxassislar avlodini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayapti.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling