O‘zbekiston metrosi yo‘lovchilari soni 2000-yildan 2,3 barobar oshdi
O‘zbekiston metrosi yo‘lovchilari soni 2000-yildan 2,3 barobar oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda metro yo‘lovchilari soni 2000-yildan buyon 2,3 barobarga oshgan.
ko‘ra, 2025 yilda metropoliten orqali jami 286,8 million nafar yo‘lovchi tashilgan.
2000 yil bilan solishtirganda bu ko‘rsatkich 161,1 million nafarga yoki qariyb 2,3 barobarga oshgan. 2000 yilda metro xizmatlaridan 125,7 million nafar foydalangan.
Keyingi yillarda yo‘lovchilar oqimida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgan. 2001 yilda bu ko‘rsatkich 141,9 million nafarni, 2002 yilda esa 136,4 million nafarni tashkil etgan. Shundan keyin asta-sekin pasayish kuzatilgan: 2003 yilda 114,3 million, 2004 yilda 95,6 million, 2005 yilda esa 89,9 million yo‘lovchi tashilgan.
2006 yilda metro 69 million nafar yo‘lovchini tashigan, 2007 yilda bu ko‘rsatkich 70,5 millionga, 2008 yilda esa 73,4 millionga yetgan. 2009 yilda yo‘lovchilar soni 68 millionga, 2010 yilda esa 65,6 milliongacha kamaygan.
Keyingi yillarda ham pasayish davom etgan: 2011 yilda yo‘lovchilar oqimi 63,9 million nafarni, 2012 yilda 65,5 million nafarni, 2013 yilda 59,2 million nafarni, 2014 yilda esa 54 million nafarni tashkil etgan.
2015 yilda metro 52,3 million nafar yo‘lovchini tashigan, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 53,5 million nafarni tashkil etgan. Shundan so‘ng bosqichma-bosqich o‘sish boshlangan. 2017 yilda yo‘lovchilar soni 61,6 million nafarga, 2018 yilda 69,1 million nafarga, 2019 yilda esa 79,2 million nafarga yetgan.
2020 yilda yo‘lovchilar oqimi keskin kamayib, 38,8 million nafarni tashkil etgan. 2021 yilda esa bu ko‘rsatkich yana o‘sib, 101,8 million nafarga yetgan, 2022 yilda esa 136,7 million nafargacha oshgan.
Keyingi yillarda o‘sish davom etgan: 2023 yilda metropoliten 172 million nafar yo‘lovchini tashigan, 2024 yilda esa 270,3 million nafar. 2025 yilda esa bu ko‘rsatkich 286,8 million nafarga yetgan.