Valyuta kurslari 04/02/2026
$1 – 12258.38
UZS – 0,13%
€1 – 14455.08
UZS – -0,47%
₽1 – 159.49
UZS – -0,26%
Qidirish
O‘zbekiston metropoliteni 2025 yilda rekord darajada — 286,8 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

O‘zbekiston metropoliteni 2025 yilda rekord darajada — 286,8 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

O‘zbekiston metropoliteni 2025 yilda rekord darajada — 286,8 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilda poytaxt metropoliteni 286 million nafardan ortiq yo‘lovchini tashigan.

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, yil davomida metro xizmatlaridan jami 286,8 million kishi foydalangan bo‘lib, bu 2024 yilga nisbatan 6,1 foizga ko‘pdir.

O‘rtacha hisobda metropoliten kuniga taxminan 785,6 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.

Yo‘lovchi tashish hajmining yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha: 2020 yilda — 38,8 million, 2021 yilda — 101,8 million, 2022 yilda — 136,7 million, 2023 yilda — 172 million, 2024 yilda — 270,3 million, 2025 yilda esa ko‘rsatkich 286,8 million nafarga yetgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling