Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
O‘zbekiston 20/03/2025 O‘zbekiston Markaziy Osiyoda harbiy xarajatlar bo‘yicha yetakchiga aylandi

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda harbiy xarajatlar bo‘yicha yetakchiga aylandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Markaziy Osiyoda harbiy xarajatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega davlat sifatida qayd etildi.

Global Firepower‘ning 2025 yilgi hisobotiga ko‘ra, mamlakat mudofaa sohasiga 2,8 milliard dollar ajratgan.

Markaziy Osiyoda harbiy xarajatlar miqdori quyidagicha taqsimlangan:

— O‘zbekiston – 2,8 mlrd dollar,

— Qozog‘iston – 2 mlrd dollar,

— Turkmaniston – 1,1 mlrd dollar,

— Tojikiston – 446 mln dollar,

— Qirg‘iziston – 221,8 mln dollar.

Jahon bo‘yicha mudofaa xarajatlari esa 2024 yilda 2,46 trln dollarga yetgan, bu 2023 yilga nisbatan 220 mlrd dollarga ko‘p. Bundan asosiy qism NATO mamlakatlariga to‘g‘ri keladi, ayniqsa, AQSH bu byudjetning ikkidan uch qismini taʼminlagan.

Dunyoda eng yirik mudofaa xarajatlariga ega davlatlar quyidagicha joylashgan:

— AQSH – 968 mlrd dollar,

— Xitoy – 235 mlrd dollar,

— Rossiya – 145,9 mlrd dollar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling