Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston Markaziy bankida yangi rais o‘rinbosarlari tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Markaziy bankida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.
Nodirbek Achilov Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. N.Achilov bunga qadar Monetar operatsiyalar departamentiga rahbarlik qilgan.
Sanjar Nosirov Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha S.Nosirov Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti rahbari lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Nusratulla Fazilov Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. N.Fazilov ilgari Banklarni prudensial nazorati departamentiga rahbarlik qilgan.