Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 21/02/2025 O‘zbekiston maktablarida energiya tejamkorligi dasturlari joriy etiladi

O‘zbekiston maktablarida energiya tejamkorligi dasturlari joriy etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda umumtaʼlim muassasalarida energiya tejamkorlik asoslari o‘qitiladi. Bu haqda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Xilola Umarova «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Ushbu tashabbus yosh avlodda energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Maktab dasturlariga, jumladan, «Tarbiyaviy soatlar», “Geografiya” va “Fizika” fanlariga tabiiy resurslarni tejashga oid misollar kiritiladi.

Xilola Umarovaning taʼkidlashicha, O‘zbekiston texnik tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda energiya tejamkorlik bo‘yicha amaliy tavsiyalar jamlangan bukletlar ishlab chiqilgan. Ular yapon tajribasi asosida moslashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bilan tanishgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling