Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
O‘zbekiston mahsulotlarini Belarus bozoriga olib kirish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi

O‘zbekiston mahsulotlarini Belarus bozoriga olib kirish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi

O‘zbekiston mahsulotlarini Belarus bozoriga olib kirish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Belarus Respublikasiga amalga oshirilgan tashrif doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Belarus Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qoshida faoliyat yurituvchi yirik logistika kompaniyasi — “Beltamojservis” bilan O‘zbekiston mahsulotlarini Belarus bozoriga olib kirish va logistika masalalari muhokama qilindi.

Kompaniya 25 yildan beri logistika va bojxona xizmatlari sohasida ishlab kelmoqda. Bugungi kunda “Beltamojservis” mamlakat bo‘ylab 1 million kvadrat metrga yaqin ombor va logistika maydonlariga ega.

Shuningdek, kompaniyaning 8 ta filiali, 60 ta savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari mavjud. Korxonada 3,5 ming nafarga yaqin xodim faoliyat yuritadi, avtotransport parki va sovutqichli omborlar ham bor.

Uchrashuv davomida kompaniya bosh direktori Dmitriy Kovalyonok bilan O‘zbekiston mahsulotlarini Belarus bozoriga kiritishda hamkorlik qilish, eksportyorlar uchun logistika va bojxona jarayonlarini yengillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston eksportyorlariga Belarus bozoriga kirish, shartnomalar tuzish va logistika masalalari bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek import va eksport jarayonlarini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida tomonlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling