Valyuta kurslari 19/08/2025
$1 – 12497.19
UZS – -0,4%
€1 – 14597.97
UZS – -0,46%
₽1 – 155.71
UZS – -0,83%
Qidirish
Madaniyat 19/08/2025 O‘zbekiston Madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi Yaponiya bilan xalqaro aloqalarni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston Madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi Yaponiya bilan xalqaro aloqalarni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 17 avgust kuni O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi, Nara shahri va Nara Milliy muzeyi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida uch tomonlama Memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hujjatga ko‘ra, 2027 yilda Buyuk Ipak yo‘li bo‘yicha madaniy aloqalarga bag‘ishlangan yirik ko‘rgazmani birgalikda tashkil etish, shuningdek, madaniy meros sohasida akademik, muzey va ekspert yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Memorandumning imzolanishi O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasi rivojida muhim qadam bo‘lib, Yaponiya bilan o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish, akademik aloqalarni mustahkamlash hamda milliy madaniy merosni xalqaro maydonda targ‘ib etish uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling