Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston Liverpul shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Liverpul shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z chiqishlarini muvaffaqiyatli boshladi.
54 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nigina O‘ktamova birinchi bo‘lib ringga chiqdi.
Ochilish jangida u qozog‘istonlik sportchi Elina Bazarovani ishonchli mag‘lubiyatga uchratib, turnirning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.