Valyuta kurslari 17/03/2026
$1 – 12091.22
UZS – 0,08%
€1 – 13844.45
UZS – 0,05%
₽1 – 149.16
UZS – -0,85%
Qidirish
O'zbekiston kredit reklamalariga qo'yiladigan talablarni kuchaytiradi

O'zbekiston kredit reklamalariga qo'yiladigan talablarni kuchaytiradi

O'zbekiston kredit reklamalariga qo'yiladigan talablarni kuchaytiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda tijorat tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, yuridik shaxslarning o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim tashkiliy-huquqiy shakllarini tugatish va korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mikroqarzlarni reklama qilishda va marketing kontentida iste’molchilarning asosiy e’tibori bunday kredit mahsulotlarini olish kelgusida yuqori moliyaviy majburiyat keltirib chiqarishi mumkinligiga emas, balki uni tez va oson olish imkoniyatiga qaratilyapti.

Ushbu qonun loyihasi bilan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga aholiga taklif etiladigan kreditlar, shu jumladan mikroqarzlar reklamasida qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida majburiy ogohlantiruvchi matn joylashtirilishi shartligini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda. Bunda ogohlantirish reklama maydoni yoki vaqtining kamida 10 foizini tashkil qilishi lozimligi belgilanyapti.

Qonun loyihasi moliyaviy xizmatlar reklamasini yanada tartibga solish, aholining kredit bilan bog‘liq xatarlar haqidagi xabardorligini oshirish, mas’uliyatli qarz olish madaniyatini shakllantirishni nazarda tutadi.

Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasining ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, undagi ayrim normalar bo‘yicha qonun tashabbuskorlariga aniqlashtiruvchi savollar berdi. Mutasaddilar barcha savollarga tushuntirishlar berib o‘tdi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling