Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O‘zbekiston korxonalarga o‘z mahsulotlarini ilgari surish uchun Moskvada bepul savdo maydonchalarini taqdim etadi

O‘zbekiston korxonalarga o‘z mahsulotlarini ilgari surish uchun Moskvada bepul savdo maydonchalarini taqdim etadi

O‘zbekiston korxonalarga o‘z mahsulotlarini ilgari surish uchun Moskvada bepul savdo maydonchalarini taqdim etadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan mahalliy mahsulotlarni Rossiya bozorida targ'ib qilish va sotish uchun noyob va mutlaqo bepul sharoitlar yaratildi.

Moskva shahridagi “Sadovod” savdo majmuasida savdo nuqtalari va omborxonalar ijaraga olindi va oʻzbek kompaniyalariga bepul taqdim etilmoqda.

Bu esa milliy brendlarimizni Rossiyaning eng yirik bozorida namoyish etish va tanishtirish, minglab xaridorlarga mahsulot taklif qilish imkonini beradi.

Majmuadagi bevosita savdo jarayonidan tashqari, eksportyorlar Rossiyaning Wildberries, Ozon, Yandeks.Market yirik onlayn-platformalariga va boshqa saytlariga chiqish hamda butun mamlakat boʻylab mijozlarni qamrab olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Tadbirkorlar uchun bu – yetkazib berish geografiyasini kengaytirish, uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va Rossiya bozorida minimal xarajatlar bilan mustahkam joy egallash uchun real imkoniyatdir.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling