Valyuta kurslari 30/12/2025
$1 – 12025.33
UZS – -0,27%
€1 – 14162.23
UZS – -0,21%
₽1 – 155.25
UZS – 0,06%
Qidirish
O'zbekiston kompaniyalari Vetnam va Indoneziyaga charm yetkazib berish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

O'zbekiston kompaniyalari Vetnam va Indoneziyaga charm yetkazib berish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

O'zbekiston kompaniyalari Vetnam va Indoneziyaga charm yetkazib berish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vetnamning Xoshimin shahrida o‘tayotgan “APLF ASEAN 2025” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston ilk bor ishtirok etmoqda.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, "O‘zcharmsanoat" uyushmasi hamda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hamkorligida tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” stendi orqali mamlakatimiz charm va poyabzal sohasining eksport salohiyati keng namoyish etilmoqda.

Tadbirda O‘zbekistondan 8 ta korxona o‘z mahsulotlari bilan qatnashib, milliy brendimizning Osiyo bozoridagi mavqeini mustahkamlamoqda.

Ko‘rgazmaning ilk kunidayoq B2B uchrashuvlar muhim natijalar berdi. “Amm Global” va “Hamkor Nur Savdo” kompaniyalari Vetnamning “Leplus Viet Nam” Co., Ltd hamda Indonaziyaning “Rud. Rohmat Leather” korxonalari bilan tayyor charm (krast) yetkazib berish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokalar davomida dastlabki bosqichda 50 000 kv. metr tayyor charm yetkazib berish rejalashtirilgani qayd etildi.

Ushbu muloqotlar O‘zbekiston charm sanoatining Osiyo mintaqasidagi yangi sheriklik yo‘nalishlarini rivojl

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling