O‘zbekiston JCH-2026dagi K guruhidagi uchinchi raqibini bildi
O‘zbekiston JCH-2026dagi K guruhidagi uchinchi raqibini bildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yil AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining guruh bosqichidagi uchinchi raqibini bilib oldi.
Yamayka va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalari o‘rtasida saralash pley-off bahsi yakunlandi. Uchrashuvning asosiy vaqti 0:0 hisobida tugadi. 100-daqiqada Aksel Tuanzebe yagona golni kiritib, Kongo DR jamoasini musobaqaning final bosqichiga olib chiqdi.
Shu tariqa, JCH-2026ning K guruhi quyidagicha shakllandi: O‘zbekiston, Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi.
O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘yinni 18 iyun kuni Mexikoda Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 08:00 da boshlanadi. Ikkinchi bellashuv 23 iyun kuni Xyuston shahrida bo‘lib o‘tadi, unda raqib Portugaliya bo‘ladi. O‘yin soat 23:00 da start oladi.
Yakuniy uchrashuv 28 iyun kuni Atlanta shahridagi «Mercedes-Benz Stadium» stadionida o‘tkaziladi. Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da boshlanadi.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar, jami 39 kun davom etadi. Pley-off formati ham o‘zgargan: 1/16 finalga har bir guruhdan ikki eng yaxshi jamoa bilan birga uchinchi o‘rinni egallagan sakkizta jamoa ham yo‘l oladi. Natijada pley-offning birinchi bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi.