Valyuta kurslari 25/08/2025
$1 – 12357.09
UZS – -0,46%
€1 – 14330.52
UZS – -0,95%
₽1 – 153.49
UZS – -0,88%
Qidirish
Birjalar 22/07/2025 O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan fond bozorini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirmoqda

O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan fond bozorini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 

Investorlar ishonchini oshirish, raqamli yechimlarni joriy etish va samarali bozor nazoratini o‘rnatish - O‘zbekiston fond bozorini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridir. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Koreya fond birjasi ko‘magida uyushtirilgan delegatsiyaning Koreya Respublikasiga tashrifi aynan shu masalalarga bag‘ishlandi.

Delegatsiya tarkibiga Respublika fond birjasi "Toshkent" , Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Fond bozori axborot-resurs markazi vakillari kirdi.

Dastur doirasida ishtirokchilar Osiyodagi eng ilg‘or texnologiyalarga ega va rivojlangan kapital bozorlaridan birining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.Bozor nazorati texnologiyalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar real vaqt rejimida shubhali bitimlarni aniqlash, "hiyla-nayrang" xavfi  kamaytirish va investorlarni himoya qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarini o‘rgandilar.

Koreya birjasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik 2016-yildan beri faol rivojlanib kelmoqda. Respublika fond birjasi "Toshkent"ning 25 foizlik ulushiga ega aksiyadori bo‘lgan Koreya fond birjasi (KRX) Yagona dasturiy-texnik kompleksni joriy etishda sezilarli yordam ko‘rsatdi. Bugungi kunda barcha korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq birja operatsiyalari aynan shu kompleks asosida amalga oshirilmoqda.

Olingan bilim va amaliy tajriba O‘zbekiston kapital bozorini yanada modernizatsiya qilish va xalqaro miqyosda integratsiyalashuvi uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. Respublika fond birjasi "Toshkent" xalqaro hamkorlar bilan yaqin hamkorlikda shaffoflik, bozor nazorati va raqamli transformatsiyaning jahon standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling