O'zbekiston Janubiy Afrika bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlamoqda
O'zbekiston Janubiy Afrika bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 9–14-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi idoralararo ishchi guruhi vazir o‘rinbosari Shoxrux Gulamov boshchiligida Janubiy Afrika Respublikasiga tashrif buyurdi.
Dastur doirasida Janubiy Afrika Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Tandi Moraka, Savdo, sanoat va raqobat vaziri Parks Tau hamda Prezidentning investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi doktor Alister Ruiters bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning shartnoma-huquqiy bazasini mustahkamlash, Hukumatlararo komissiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro savdo hajmini oshirish maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Sasol, Intertoll, Aspen Pharmacare, AMKA Products, Life Healthcare, Brimstone Investment, Tsico Africa Group, CapeSpan va Mechem kompaniyalari bilan neft-kimyo, farmatsevtika, tog‘-kon sanoati, infratuzilma, sog‘liqni saqlash hamda agro-sanoat yo‘nalishlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.