O‘zbekiston ISSV rahbari nemis tadbirkorlari bilan yangi sarmoyaviy loyihalarni muhokama qildi.
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 30-sentabr kuni ISSV rahbari Laziz Kudratov tashrif dasturiga muvofiq, Germaniya ishbilarmon va moliyaviy doiralari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etdi.
Kunining birinchi yarmida Frankfurt Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Germaniya biznes hamjamiyati bilan moliya, transport va logistika, mashinasozlik, AKT, kimyo va farmatsevtika sanoati, shuningdek, xizmatlar sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Germaniya Iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi delegatsiyasi, Deutsche Bundesbank rahbariyati va yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Suhbatlar davomida investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari va yangi sheriklik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Shu bilan birga, Jahon xalqaro moliya markazlari alyansining yillik yig‘ilishi dasturi doirasida Laziz Kudratov raqamli valyutalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi hamda Frankfurt fond birjasiga tashrif buyurdi.
Tashrif Germaniya biznesining investitsion va savdo hamkorligini kengaytirishga tayyor ekanini ko‘rsatdi hamda O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi pozitsiyalarini mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.