Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 20/02/2025 O‘zbekiston-Ispaniya: Hamkorlik aloqalarining hozirgi holati tahlil qilindi

O‘zbekiston-Ispaniya: Hamkorlik aloqalarining hozirgi holati tahlil qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazirlik mas’ullari va Ispaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Rikardo Martinez Vaskes o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni tatbiq etish hamda qishloq xo‘jaligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Xususan, import-eksport hajmini oshirish, talabalar almashinuvi, agrar tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini o‘qitish, seminar-treninglar tashkil etish va soha bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalarini tashkil etish va ularga O‘zbekiston hamda Ispaniya ishbilarmon doiralarini jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni jadallashtirishga kelishib, muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling