O‘zbekiston Iroq va Suriyaga eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun savdo maslahatchilari yubormoqchi
O‘zbekiston Iroq va Suriyaga eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun savdo maslahatchilari yubormoqchi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼlum qilishicha, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Iroq va Suriyaga savdo maslahatchilari yuborishni rejalashtirmoqda.
Davlatimiz rahbari Suriya, Iroq va Afg‘onistonning o‘zida 30 milliard dollarlik elektrtexnika, tekstil, oziq-ovqat, avtomobil, farmatsevtika va qurilish materiallariga ehtiyoj mavjudligini qayd etdi.
Lekin, bu bozorlarga jadal kirib borish bo‘yicha na tarmoq rahbarlari, na hokimlar haligacha tayinli natija ko‘rsatmayotgani taʼkidlab o‘tildi.
Shu bois, yil yakuniga qadar Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Tovar-xomashyo birjasi filiali ochiladi va kamida 100 turdagi mahalliy mahsulotlarni sotish yo‘lga qo‘yiladi.
Kelgusi yil boshidan Savdo-sanoat palatasining Iroqda 3 nafar, Suriyada 2 nafar savdo maslahatchilari ish boshlaydi.
Bundan tashqari, Mirziyoyev Samarqandga Iroqning 100 ta yirik tadbirkorini taklif etish va “O‘zbekiston–Iroq” biznes-forumini o‘tkazish zarurligini taʼkidladi.